Tarixda ilk bor sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro shartnoma imzolandi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – UNESCO’ning ixtisoslashgan agentligi tarkibiga kiruvchi 193 davlatning barchasi sun’iy intellektga oid hujjatni ma’qulladi. 

BMTning ta’kidlashicha, “bu Yer sayyorasi tarixida birinchi marta sodir bo‘ldi va tarixiy hujjat sun’iy intellektning xavfsiz rivojlanishi va ishlatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan umumiy qadriyatlar va tamoyillarni belgilaydi”.

Tashkilot a’zolari tomonidan ma’qullangan hujjat sun’iy intellekt texnologiyasining axloqiy rivojlanishini ta’minlash uchun huquqiy infratuzilmani yaratishga qaratilgan.

“Dunyo sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ma’lum qoidalarga muhtoj. Biz qabul qilgan hujjat dunyodagi birinchi global me’yoriy-huquqiy bazani o‘rnatadi va uni amalga oshirish uchun davlatlarga mas’uliyat yuklaydi”, deya tushuntirdi UNESCO Bosh direktori Odri Azule.

Shu bilan birga, tashkilot ushbu texnologiya “misli ko‘rilmagan muammolarni” yaratish imkoniyatiga ega ekanligidan ogohlantiradi. Jumladan, ommaviy kuzatuv xavfi va huquqni muhofaza qilish organlarida ishonchsiz texnologiyalardan foydalanishning ko‘payishi haqida ogohlantirmoqda. Hozirgacha bu savollarga javob beradigan ko‘p tomonlama tizim mavjud emas.

BMT sun’iy intellekt allaqachon qo‘llanilayotgan sohalarni sanab o‘tdi: parvozlarni band qilish, bank kreditiga ariza berish, shuningdek, saraton kasalligini tashxislash va nogironlar uchun intensiv texnologiyalar va boshqalar.

Tashkilotning ixtisoslashgan agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u raqamli texnologiyalar inson huquqlarini ilgari surish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shishini ta’minlash, shaffoflik va shaxsiy daxlsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, ma’lumotlarni boshqarish, ta’lim, madaniy sohalar bo‘yicha to‘g‘ri nazorat yo‘nalishini belgilab olish hisoblanadi.

Shartnomaning asosiy chaqiriqlaridan biri ma’lumotlarni himoya qilish, texnologik firmalar va hukumatlar harakatlari shaffofligini ta’minlashga erishishdir.

“Millionlab odamlarga tegishli qarorlar adolatli, shaffof va kelishilgan bo‘lishi kerak. Ushbu yangi texnologiyalar bizga zamonaviy dunyoning tengsizlik va ekologik inqirozning kuchayishi kabi asosiy muammolarini hal qilishda yordam berishi kerak”, deydi, UNESCO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar masalalari bo‘yicha yordamchisi Gabriyela Ramos.

Doston Iskandarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing