Tarixda ilk bor qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi (video)

Texnologiya

image

AQSH tarixida birinchi marta sun’iy intellekt (AI) vafot etgan shaxsga o‘z qotiliga hukm o‘qilishi chog‘ida sudda “gapirish” imkonini berdi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

2021 yilda Arizonada yo‘l-transport hodisasida otib o‘ldirilgan Kristofer Pelkining oilasi uning nomidan videomurojaat yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalangan.

Tashabbusni Kristoferning singlisi Steysi Uells ilgari surgan, u videoni turmush o‘rtog‘i va dugonasi (ikkalasi ham sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar) bilan birga tayyorladi.

Murojaatida Pelki ​​o‘zining qotili Gabriel Orkasitasni kechirganini aytdi.

“Meni otgan Gabriel Orkasitas qilmishidan chuqur afsusda, balki boshqa hayotda do‘st bo‘lib qolar edik. Men kechirimliman va kechirimli Xudoga ishonaman. Doimo ishonganman va hozir ham ishonaman”, dedi Pelki ​​sun’iy intellekt yordamida.

Videodan ta’sirlangan sudya Todd Lang, Orkasitasni qotillik uchun 10,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi, bu prokuror so‘ragan 9,5 yildan ko‘proq.

Arizona Oliy sudi raisi Enn Skott Timmerning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt adliya tizimining samaradorligini oshirishi va advokat bo‘lmaganlarga o‘z dalillarini yaxshiroq taqdim etishga yordam berishi mumkin.

Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, agar noto‘g‘ri ishlatilsa, AI adolatga to‘sqinlik qilishi yoki hatto buzib tashlashi mumkin.

“Eng yaxshi yondashuv – muvozanatli yondashuv. Shu munosabat bilan sud sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganish va undan qanday yaxshi foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish uchun Sun’iy intellekt qo‘mitasini tuzdi. Sun’iy intellektdan foydalanadiganlar, jumladan, sudlar ham o‘zlari qabul qilgan qarorlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi qonunlarni qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish uchun sun’iy intellektdan (AI) foydalanish niyatidaligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik sun'iy intellekt AI Kristofer Pelki Gabriel' Orkasitas Steysi Uells

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing