Tarixda ilk bor ikki o‘zbekistonlik shaxmatchi top-10 reytingiga kirdi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik shaxmat bo‘yicha dunyo onlayn reytingda jahonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.

So‘nggi yangilanishlarga ko‘ra, amerikalik grossmeyster Uesli So Amerika Kubogi turniridagi ishtiroki natijasida reytingda 9 ochko yo‘qotib, kuchli o‘nlikni tark etgan. Natijada Sindarov reyting jadvalida yuqoriga ko‘tarilib, top-10 talikka kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu tariqa, tarixda ilk bor ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov — bir vaqtning o‘zida klassik shaxmat bo‘yicha jahonning top-10 reytingidan joy oldi. 

Hozirgi onlayn reyting jadvalida esa norvegiyalik sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen yetakchilikni saqlab turibdi. Ikkinchi pog‘onada amerikalik grossmeyster Xikaru Nakamura bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

reyting O'zbekiston shaxmat top-10

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing