Tarixda birinchi marta Rossiya Xalqaro sudga kiritilmadi

Olam

image

Kecha, 9 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayoni natijasiga ko‘ra, Rossiya vakili Kirill Gevorgyan Gaagadagi Xalqaro sudga ikkinchi muddatga saylanolmadi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi

2015 yildan beri Xalqaro sud sudyasi bo‘lib kelayotgan Gevorgyan Bosh Assambleyaning 117 nafar a’zosi qo‘llab-quvvatlagan Ruminiya vakili Bogdan-Luchian Aureskuga yutqazdi.

Aureskudan tashqari yana uch nafar yangi sudya Xalqaro sudga saylangan – Sara Xall Klivlend (AQSH), Xuan Verduzko (Meksika) va Dire Tladi (Janubiy Afrika), shuningdek, bitta amaldagi sudya, Avstraliya vakili Hilari Charlzuort qayta saylangan.

Qayd etish joizki, sobiq sovet ittifoqi va Rossiya sudyalari 1946 yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining sud tizimida ishlaydi. Bugungi saylov natijasiga ko‘ra, birinchi marta Xalqaro sudda Rossiya vakili bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro sud 15 sudyadan iborat bo‘lib, ularning vakolat muddati to‘qqiz yil. Shu bilan birga, bo‘sh qolgan besh o‘rin uchun har uch yilda bir marta saylovlar o‘tkaziladi. Ketma-ket bir necha muddat xizmat qilish uchun hech qanday taqiq yo‘q.

E’tiborli jihati shundaki, hozirda Gaagadagi Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarshi ikkita da’vosini ko‘rib chiqmoqda. Birinchisi, 2014 yilda Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilarning harakatlari va Rossiya Federatsiyasi tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilingan Qrim bilan bog‘liq. 34 davlat ishtirok etayotgan ikkinchi jarayon esa Rossiya Federatsiyasining Donbassda da’vo qilingan genotsid haqidagi da’volari bilan bog‘liq. Kiyevning ta’kidlashicha, Rossiya “Genotsidning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya”ni suiiste’mol qilib, undan Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini oqlash uchun foydalanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing