Tanzaniyada samolyot halokati qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

Olam

image

Tanzaniyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” mamlakat Bosh vaziri Qosim Majalivaga tayanib xabar bermoqda.

“Tanzania Business Insight” kompaniyasi dastlab samolyot bortida 53 kishi bo‘lganini ma’lum qilgan. Keyinroq aniqlik kiritilishicha, u yerda ikki uchuvchi, ikkita styuardessa va 39 nafar yo‘lovchi – jami 43 kishi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa yog‘ingarchilik va yomon ob-havo tufayli sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot 100 m balandlikda bo‘lganida ko‘lga qulay boshlagan.

Halokatdan so‘ng yomg‘ir to‘xtab, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan.

BBC'ning guvohlarga tayanib xabar berishicha, samolyot suvga tushganidan so‘ng mahalliy baliqchilar unga suzib borgan va ochiq orqa lyuk orqali ba’zi yo‘lovchilarni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Bukoba (Tanzaniya) shahrining aeroportiga qo‘nmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Viktoriya ko‘liga qulab tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing