Tanishini 6 marta pichoqlagan nonvoy 10 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
09 yanvar 2023
7828Toshkentdagi novvoyxonalardan birida tanishiga olti marta pichoq urgan shaxs 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea to‘rt oy avval Yashnobod tumanidagi novvoyxonalardan birida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyatidan poytaxtdagi novvoyxonaga ishlash maqsadida kelgan fuqaro va uning tanishi spirtli ichimliklar iste’mol qilgan.
Shundan so‘ng ular o‘rtasida o‘zaro mojaro kelib chiqqan. Yuzaga kelgan janjal vaqtida nonvoyning tanishi uning ota-onasini haqoratlay boshlagan. So‘ngra nonvoy oshxona pichog‘ini qo‘liga olib, tanishiga qarata olti marta pichoq urgan.
Jabrlanuvchining hayoti esa tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan saqlab qolingan.
Joriy yilning 7 yanvarida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur fuqaroning ishi ko‘rib chiqilib, u Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (odamga suiqasd qilish) bilan aybdor deb topilgan. Shuningdek, unga nisbatan 10 yil qamoq jazosi tayinlangan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi