Taniqli jurnalist mototsikldan yiqilib vafot etdi
Olam
−
10 may 2019
10597Rossiyalik taniqli jurnalist, “Govorit Moskva” radiostansiyasi bosh muharriri Sergey Dorenko baxtsiz hodisa oqibatida 60 yoshida vafot etdi.
RIA Novosti tarqatgan xabarga ko‘ra, Dorenko mototsiklda ketayotganda o‘zini yomon his qilgan va yiqilib tushgan. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashishgan, biroq saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Dorenko 2014 yildan “Govorit Moskva” radiostansiyasi bosh muharriri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bungacha u “Russkaya slujba novostey” stansiyasi radioboshlovchisi va bosh muharriri bo‘lgan.
LiveBarchasi