Taniqli jurnalist Abduvali Qutbiddin vafot etdi
Jamiyat
−
08 dekabr 2019
6311Bugun, 8 dekabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir, "Xalq so‘zi" gazetasi mas’ul xodimi Abduvali Qutbiddinov olamdan o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abduvali Qutbiddin betobligi sabab, ikki haftadan ortiq vaqt davomida shifoxonada bo‘lgan.
Janoza bugun, 8 dekabr Samarqand viloyatining Urgut tumani, Mergancha qishlog‘ida 14:00 da o‘qiladi.
Abduvali Qutbiddin 1960 yil 20 iyunda tug‘ilgan. Jurnalist avval Samarqand viloyati gazetasida, 1985 yildan G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlagan. 1990 yilda “Yozuvchi” nashriyotida yetakchi muharrir, so‘ng bosh muharrir bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ham faoliyat olib borgan. So‘nggi vaqtda “Xalq so‘zi” gazetasida faoliyat yuritgan.
Shoirning dastlabki she’riy to‘plami — “Nayson”. Shu bilan birga “Humo”, “Baxtli yo‘l”, “Bor” (saylanma, 2011) “Sen va sen uchun” kabi she’riy to‘plamlari, “Ozodlik” nomli dostoni chop etilgan.
Abduvali Qutbiddin “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
LiveBarchasi