Taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov vafot etdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

O‘tkir Siddiqov faoliyati davomida 250 martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilib, 8 mingga yaqin tadbirlarda ishtirok etgan.

Oxirgi yillarda O‘tkir Siddiqov qiziqchi Avaz Oxunning konsertlarida boshlovchilik qilib, ommaga ko‘rinish berayotgandi.

O‘tkir Siddiqov 1945 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutining drama va kino aktyorligi yo‘nalishini tamomlagan. U 1968 yildan “Shodlik” ashula va raqs ansamblida ishlay boshlagan.  U 1996 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, 2017 yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'tkir Siddiqov Avaz Oxun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar