Taniqli sovet bastakori o‘lik holda topildi

Madaniyat-san’at

image

"Moviy yorug‘lik" va "Ertalabki pochta" dasturlarini yaratishda ishtirok etgan sovet va rus bastakori Konstantin Titar 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Titar shu yilning 23 oktyabr kuni Moskva viloyatining Korolev shahridagi ovoz yozish studiyasida vafot etgan. Bastakorning jasadini qo‘shiq yozish uchun kelgan hamkasbi topgan.

Titar ko‘p yillar davomida SSSR Markaziy televiziyasining Bosh musiqiy nashrida musiqiy muharriri bo‘lib ishladi, ko‘plab mashhur televizion dasturlarni yaratishda ishtirok etdi. Ikki yil davomida bastakor RSFSR Davlat estrada orkestriga rahbarlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstantin Titar o'lik holda topildi

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar