Taniqli niderlandiyalik futbolchi olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport
−
14 fevral
1405Niderlandiyada 2020 yilda 1300 kilogramm kokain kontrabandasida ayblangan futbolchi Kvinsi Promes ustidan sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda “Voetball News” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Promes aybdor deb topilib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq, ayni damda huquq-tartibot idoralari Promesni ushlay olmayapti. 2021 yilning fevral oyidan beri 32 yoshli yarim himoyachi Rossiyaning “Spartak” jamoasida to‘p surmoqda. Rossiya hukumati futbolchini ekstraditsiya qilishni rejalashtirmayapti.
Qayd etish joiz, Promesning qonun bilan bog‘liq muammolari birinchi marta sodir bo‘lishi emas. U 2022 yilda Rossiyada o‘ynab yurganida qarindoshiga pichoq bilan hujum qilgan va tan jarohati yetkazgani uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Futbolchi faoliyati davomida Niderlandiya terma jamoasi safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan. Klub miqiyosida u “Sevilya”, “Ayaks” va “Tvente” jamoalarida to‘p tepgan.
LiveBarchasi