Taniqli italiyalik futbolchi faoliyatini yakunladi
Sport
−
12 noyabr 2022
2940"Milan"ning sobiq himoyachisi Luka Antonelli futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"O‘sha kun keldi, maydondagi hayot nihoyasiga yetmoqda, lekin ko‘p o‘tmay bu adrenalinni, hissiyotlarni sog‘inib qolaman deb o‘ylayman. Futbol tufayli mening orzum amalga oshdi. Men futbol olamiga kirib kelganimdan buyon bir necha klublarda maydonga tushdim. "Bari" , "Parma", "Genuya", "Milan", "Empoli" klublariga rahmat aytaman. Men bilan ishlagan barchaga rahmat. Muxlislarimga, meni doim qo‘llab-quvvatlab turgan oilamga ham tashakkur izhor etaman. Barchangizga chin qalbdan mamnuniyat bildiraman", deb yozdi Antonelli ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Luka faoliyatining ko‘p qismini "Milan"klubida o‘tkazgan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Italiyaning "Empoli" klubida o‘ynagan. Futbolchi 2021 yildan buyon esa Shimoliy Amerikaning "Mayami" klubida to‘p tepib kelayotgandi.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi