Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 28 iyul kuni taniqli bastakor Sultonali Rahmatov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 55 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Sultonali Rahmatov 1970 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Ahmadjon Rahmatov va onasi Oliya Omonova ko‘p yillar oldin dunyodan o‘tishgan. Sultonali Rahmatov bolaligidan musiqaga qiziqqan va “Respublika harbiy o‘g‘il bolalar internat san’at maktabi”ni bitirgan. Bolaligidan mashhur kompozitor Pol Maria, “Enigma“ guruhi musiqalarini yaxshi ko‘rib eshitgan va ulardan ta’sirlangan. 1987 yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi)ga o‘qishga kiradi. Uni ommaga tanitgan “O‘zbekiston” musiqasi 1994–2005 yillar O‘zbekiston telekanalining “Assalom O‘zbekiston” axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda O‘zbekistondagi ko‘plab bayram tantanalarida foydalanilgan.

Bastakor 1998 yilning yanvar oyida Teatr va rassomchilik (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat) institutida xonanda Nilufar Saidova bilan uchrashadi. U bilan ijodiy faoliyat davomida turmush qurishadi, lekin ma’lum vaqt o‘tganidan keyin ajrashishadi. Ular turmushlari mobaynida Farina va Safina ismli ikki qiz farzand ko‘rgan.

Sultonali Rahmatov 2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Uning 8 farzandi, ikki nevarasi bor.

Sultonali Rahmatovning ilk yakkaxon konserti 2006 yil Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan va unga 70 000 dollar mablag‘ ketgan. O‘zbekistondagi ilk konserti esa 2007 yilda Samarqanddagi Registon maydonida bo‘lib o‘tgan. 2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

bastakor Sultonali Rahmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing