Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
07 avgust 3975 1 daqiqa
Bugun, 7 avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abdumannon Ubaydullayev kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli bilan xalqqa tanilgan bo‘lib, bugunga qadar “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil”, “Mehr” kabi ko‘plab badiiy filmlarda va bir qancha milliy teleseriallarda rollar ijro etgan. Ijodkor bugunga qadar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talaba yoshlarga ta’lim berayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 75 yoshida vafot etgandi.
Live
Barchasi