Tandirda non yopmay qo‘ygan ayollarda rak rivojlanmoqda — Zoyir Mirzayev (video)

Jamiyat

image

Toshkent viloyati xokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida rak kasalligining oshishini ularning tandirda non pishirmasliklari bilan bog‘ladi. Bu haqda u mahallada bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ma’lum qildi.

Zoyir Mirzayevning aytishicha, ayollar orasida rak kasalligining oshishiga sabab bo‘lgan omillardan biri ularning tandirda non yopmasligi. 

”Mahallalarga borganda, mahalla aylanamiz. Tandir yo‘q. Non yopmaymiz. Chiroyli qilib haligi makka unidan qo‘shib, qora bug‘doyni qo‘shib, qora non qilib berardi, u boshqacha edi. Chiroyli qilib xo‘jayinlarni ham achchiq “bulkaga o‘rgatib oldik”. Men Samarqandda ishlaganimda koreyalik doktor keldi-da, ayollarda saratonning ko‘payish sabablarini tahlil qildi. Nimaga ko‘payyapti bu saraton kasalligi? 7-8 ta narsani yozgan. Kam harakatlilik birinchi o‘rinda turibdi”,  deydi u.

Uning aytishicha, tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi. Sababi tandirning oldiga borganda organizm qiziydi, keyin qon ikki barobar tez aylanadi. Shuning tezligida qon tomirlarni tozalaydi. Qon iflos bo‘lsa, qaysidir bezga mikrob qo‘shilib, sekin-sekin bezlar uyg‘onadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

rak Tandir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing