Tana a’zolarini sotishga majburlaganlar 8 yilgacha qamaladi – Prezident qarori

Salomatlik

image

Endilikda odamlarni o‘z tana a’zosini sotishga majburlagan shaxslar 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilangan.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi. 

Qayd etilishicha, bu qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik, ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi. 

Qarorga ko‘ra, inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 700 dan ortiq buyrak ko‘chirib o‘tkazish, jigar va o‘zak hujayra amaliyotlari bajarilgan.   Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing