Talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi kecha, 15 dekabr kuni shunday qaror qabul qilgan.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021 yilning 15 noyabriga qadar to‘liq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy ta’lim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga to‘lov-kontrakt summasini to‘lashda bir martalik 10 foizli chegirmani qo‘llashga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing