Talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba hamda o‘quvchilari uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabaar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq qabul qilingan.

Ushbu muddat quyidagilar uchun amal qiladi:

•  to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

•  to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

•  tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

•  o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun.

Avvalroq, ushbu muddat 1 martga qadar uzaytirilgan edi. Shuningdek, COVID-19 ga qarshi vaksina olgan talabalarga kontrakt to‘lashda 10 foizlik chegirma berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing