Talabalarga “kvartira” to‘lovi masalasida yengilliklar berilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tizimi soddalashtirilmoqda. Bu kecha, 14 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berilyapti.

Qayd etilishicha, bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydalanish imkoniyati yanada oshiriladi.

Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etilmoqda.

Avvalroq 2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari, 2024/2025 o‘quv yilidan esa barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshirilishi hamda ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida yotoqxonaga joylasha olishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

to'lov talabalar kvartira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing