Talabalar o‘qishni bitirayotganda ham DTM testidan o‘tishi kerak — Toshqulov
Jamiyat
−
22 may 2021
7342Bugun, 22 may kuni Toshkent 5 tashabbus harakati doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalarning o‘qishni bitirish jarayoni haqidagi masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Abduqodir Toshqulov talabalar o‘qishni bitirayotganda ham Davlat test markazining imtihonidan o‘tishi kerakligini takidlagan.
“Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda abituriyentlar Davlat test markazining imtihonidan o‘tishadi. Men istaymanki, talabalar o‘qishni bitirayotganda ham Davlat test markazining imtihonidan o‘tishi kerak”, degan Toshqulov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq festival doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, oliy ta’lim muassasalariga kirishda 5 ta fandan test bo‘lishi masalasi hech qayerda tasdiqlanmaganligi va bu masala ko‘rib chiqilib, tez orada aniq bir to‘xtamga kelinishini aytgandi.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi