Talabalar “marshirovka”da bo‘lishi majburiymi? Vazirning javobi
Olam
−
29 iyul 2019
3183Bayramona yurishda ishtirok etish majburiy emas, deydi Tojikiston Madaniyat vaziri Shamsiddin O‘runbekzoda. Hisobot matbuot anjumanida.
Shuningdek, vazir hech kim, shu jumladan universitet rahbariyati talabalar va o‘quvchilarni bunday tadbirlarga yoki mashg‘ulotlarga majburan jalb etish huquqiga ega emasligini qo‘shimcha qildi. Bu haqda sputnik nashri xabar qilmoqda.
Tojikistonda talabalar va maktab o‘quvchilarini turli madaniy tadbirlarga jalb qilish an’anaga aylangan. Ular Navro‘z, Yoshlar kuni, Mustaqillik kuni yoki Birlik kuni bo‘ladigan namoyishlarga bir yarim oy oldin tayyorgarlik ko‘rib, bayramona yurishlarda ishtirok etadi. Ularning soni 50-60 ming kishiga yetadi.
Shu yilning yanvarida Tojikiston Ta’lim va fan vazirligi universitetlar rahbariyatiga talabalarni turli yurishlar va madaniy tadbirlarga ruxsatsiz o‘qishga zarar yetkazmaslik uchun jalb qilmaslikni tavsiya qilgan edi.
Biroq, ba’zi ta’lim muassasalarida talabalarning ishtirok etishi majburiy hisoblanadi.
LiveBarchasi