Talabalar “kvartira” qidirishi uchun elektron platforma ishlab chiqiladi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2021 6315 1 daqiqa
Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qo‘yishni ta’minlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muasasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvarga qadar:
• oliy ta’lim muassasalari talabalarining hudud va oliy ta’lim muassasasi kesimidagi elektron bazasi yaratiladi;
• talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi.
• talabalar turar joylari bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, qarorga muvofiq, shuningdek davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylari qurish belgilangan.
Live
Barchasi