Talaba va o‘quvchilarga poyezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 dekabridan 2021 yil 10 yanvargacha oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda o‘quvchilarga poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu imtiyoz talaba va o‘quvchilarning qishki o‘quv ta’tilini maroqli o‘tkazishi hamda mamlakatning qadimiy shaharlariga sayohat qilishga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etilmoqda.

Tashkilot rasmiysi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda shuni alohida ta’kidladiki, ushbu chiptalar imtiyozli bo‘lgani uchun ularni faqat temir yo‘l kassalarida harid qilish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing