Talaba 75 mln so‘mdan ortiq pulni “uxlatdi” 

3-sahifa

image

Universitet talabasi  surxondaryolik fuqaroning kartasidan 75 million so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irladi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan 75 700 000 so‘m miqdordagi  pullarini yechib olganini bildirgan. Shuningdek, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va pullarni qaytarishda yordam so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni universitetning 1997 yilda tug‘ilgan 4-kurs talabasi sodir etgani aniqlangan.

U jabrlanuvchiga  qo‘ng‘iroq qilib, bank xodimi ekanini bildirgan va sms-xabarnomani qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng u mavjud bo‘lgan barcha pullarni noma’lum shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o‘tkazib olib, turli bankomatlar orqali pullarini yechib olgan.

“Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing