Taktika-paktikani yig‘ishtirib, yurakdan o‘ynashga kelishgandik – O‘tkir Yusupov
Sport
−
20 noyabr
4391Kecha, 19 noyabr kuni Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Shimoliy Koreya-O‘zbekiston bahsidan keyin o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan darvozabon O‘tkir Yusupov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yindan qoniqdik. Uch ochko keltirganimizdan xursandman. Hamma borini berib o‘ynadi. Bir kun oldin gaplashgandik – taktika-paktikani yig‘ishtirib, hamma borini berib, yurakdan o‘ynasa, yutamiz, deb kelishgandik. Ko‘rdinglar, hamma maydonda borini berdi”, deydi O‘tkir Yusupov.
Qayd etish joiz, Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinning 83-daqiqasida koreyaliklarning hujumlaridan birida o‘zbekistonlik himoyachi o‘z jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko‘rsatdi. Yusupov esa darvozasiga belgilangan penaltini bartaraf etdi, bundan tashqari, posbon bahs davomida qator seyvlar amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari qanday baholangani xabar qilingandi.
KXDR bilan bahsda Abbosbek Fayzullayevning xatti-harakatlari eng yuqori ball to‘pladi.
LiveBarchasi