O‘tmishga qaytib: Armanistonda 2008 yilgi dahshatlar takrorlanyapti

Tahlil

image

Armaniston – Sobiq SSSR qulaganidan so‘ng mustaqillikka erishgan davlat. Bu mamlakat Kavkazda, aniqrog‘i Yevropa va Osiyo chegarasida joylashgan. Uning geografik o‘rni Eron, Turkiya, Rossiya va Ozarbayjon kabi davlatlarning manfaatlari to‘qnashgan maydonga aylandi shekilli, 2020 yilgi Tog‘li Qorabog‘ voqealaridan keyin Armaniston haligacha o‘ziga kelolmayapti. 

Ozarbayjondan qabul qilingan mag‘lubiyat Armanistonning ichki siyosiy muvozanatini buzib yubordi. Ayni vaqtda ushbu davlatda Hukumat vakillarining qilgan ehtiyotsizligi ichki va tashqi kuchlarga ta’sirchan bo‘lib qolgan, birlik yo‘qolgan. Kun ora namoyishlar bo‘lib turibdi. Armiya va muxolifatchi kuchlar mamlakat Bosh vaziri Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda. 

Bu o‘z o‘rnida Armanistondagi 2008 yilgi voqealarni eslatib yuboradi. O‘shanda ham namoyishchilar iste’fo talab qilgan edi, faqat saylangan Prezidentdan. Quyida Armaniston tarixida “1 mart ishi” yoxud qonli sana nomi bilan qolgan 13 yil avvalgi bahorning ilk kunlari haqida so‘z boradi.

Armanistonda Prezident saylovi

2008 yil 19 fevralda Armanistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Hammasi aynan Armaniston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng boshlandi. Komissiyaga ko‘ra, ushbu saylovda 53 foiz ovoz to‘plab Serj Sargsyan g‘alaba qozongan edi. Ushbu saylovda ishtirok etgan Armanistonning birinchi Prezidenti Ter-Petrosyan esa 21,50 foiz to‘plab ikkinchi o‘rin olgan ma’lum qilindi. 

Ushbu saylov arman xalqining notinch kunlariga aylanishida aynan Armanistonning birinchi Prezidenti Ter-Petrosyanning roli bor. Chunki o‘sha vaqtlarda iste’fodagi Prezident muxolifat pozitsiyasini tutgan edi. Saylov natijalaridan norozi bo‘lgan Ter-Petrosyan o‘zining tarafdorlari bilan 2008 yilning 20 fevral kuni namoyish o‘tkazadi. Yeravan ko‘chalarida bir necha ming kishi to‘planadi. 

“Men ushbu saylovda g‘olib bo‘ldim va o‘z g‘alabamni talab qilaman. Yonimda hech kim qolmasa ham bunga jur’atim yetadi”, degan edi Ter-Petrosyan. 

Muxolifatning chaqiruvi bilan boshlangan namoyishlar Hukumatning ogohlantirishiga qaramasdan, shu tariqa bahorning ilk kunlariga qadar davom etdi. Mamlakat poytaxti Yerevan markazida joylashgan Ozodlik maydonida 10 mingga yaqin namoyishchi yig‘ildi. Namoyishchilar saylangan Armaniston Prezidenti Serj Sargsyanning iste’fosini talab qilgandi. 

Qonli to‘qnashuv

2008 yilning 1 mart kuni erta tongda politsiya ishga kirishdi. Bu vaqtda Ozodlik maydoniga yig‘ilganlarning ko‘pi hali uxlab yotardi. Namoyishchilar maydonni takr etmaslik uchun chodirlar o‘rnatib, har tunni shu yerda o‘tkazyotgan edi. Ular orasida bolalar va ayollar ham bo‘lgan. Politsiya esa dubinka va elektroshokerlar bilan ularni quvishni boshlagan. 

Ushbu shavqatsizlik ortidan izsiz yo‘qolganlar ham bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 131 kishi og‘ir jarohatlangan, 8 kishi o‘q yeb haloq bo‘lgan. Vaziyatning keskinlashishi ortidan amaldagi Armaniston Prezidenti mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, muxolifat rahbari Ter-Petrosyan esa o‘z tarafdorlaridan tarqalishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

461

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing