Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarini bog‘laydigan Taxtaqoracha dovoni avtomobillar qatnovi uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismi muzlagani, qor ko‘chishi, quyuq tuman tushishi ehtimoli bo‘lgani sabab Taxtaqoracha dovoni orqali transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi”, deyiladi IIB xabarida.

Samarqand viloyati Urgut tumani hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni M 39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lida joylashgan. Bu yo‘l Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz tumaniga boruvchilarning yo‘lini qisqartiradi. Endilikda dovon yopilganida avtomobillar Jom yo‘li orqali harakatlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Taxtaqoracha dovoni

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar