Taxtaqoracha dovonida transport vositalarining harakati tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘gani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangani haqidaxabar bergan edik. O‘zbekiston IIV YHXBB bergan ma’lumotga ko‘ra, dovon harakatlanish uchun ochilgan.

Qayd etilishicha, yo‘llarni qordan tozalash ishlari olib borilib, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko‘rilgan.

Ayni vaqtda dovon yo‘lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilib, qatnov davom etmoqda.

Shuningdek, YHXBB haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing