“Taxtaqoracha” dovonida avtomobillar harakati tiklandi
Jamiyat
−
06 fevral 2022
3326Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi "Taxtaqoracha" dovoni bugun, 6 fevral kuni soat 11:00 dan yopilgani edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati qisqa muddatga yopilgan yo‘l yana ochilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi bois avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan yo‘l 6 fevral kuni soat 11:53 da qayta ochilgan.
"Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilardan tezlik me’yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raydi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi