“Taxtaqoracha” dovoni yana yopildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining "Taxtaqoracha" dovoni 6 fevral kuni soat 17:30 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yo‘lning yopilishiga dovonda tinimsiz yog‘gan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lgani sabab bo‘lgan.

"Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda "Taxtaqoracha"  dovonini qayta ochilishi kutilmoqda",  deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing