Taxtaqoracha dovoni kuchli qor sabab yopildi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021 5705 1 daqiqa
Ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi sababli Taxtaqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘ganligi bois dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
Dovondagi vaziyat yaxshilanganidan so‘ng, transport harakati tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirgandi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun