“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi
Jamiyat
−
14 avgust 2020
8301Bugun, 14 avgustdan boshlab “Taxtaqoracha” (Kitob) dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi. Bu haqida Kitob tumani IIB boshlig‘i A.Uzoqov ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, “M-39 Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida avtotransport vositalari harakati yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 15 avgustdan avtomobillarning harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi.
Shuningdek, 15 avgustdan boshlab mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlariga ham ruxsat berildi. 17 avgustdan esa barcha shaharlar aro harakat qiluvchi jamoat transportining qatnovlari tiklanadi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi