Tailandda 35 bemordan 21 nafari koronavirusdan to‘liq sog‘aydi
Olam
−
23 fevral 2020
4264Tailanddagi shifoxonalarda davolanayotgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 21 nafari to‘liq sog‘ayib ketdi. Bu haqida
Tailand sog‘liqni saqlash vazirligining doimiy kotibi Sukxum Kanchanapximay yakshanba, 23 fevral kuni Bangkokda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.
“COVID-19 infeksiyasiga chalingan va shifoxonada davolanayotgan 35 kishidan 21 nafari to‘liq sog‘aydi. Ularning barchasiga uylariga javob berilgan”, deb ma’lum qilgan kotib.
"Shu ma’noda bizda 14 bemor davolanishni davom ettirmoqda. Ularning aksariyati shifo topishga harakat qilmoqda, faqatgina ikki nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, 21 fevral holatiga ko‘ra, koronavirusdan izolyatsiya qilingan bemorlar soni 1355 kishini tashkil etadi.
LiveBarchasi