Taekvondo WT: Laylo Hasanova Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 30 iyul kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Qayd etish kerak, Jahon chempionatining ikkinchi kunida Laylo Hasanova barcha raqiblarini taslim etdi va Jahon chempioniga bo‘ldi. O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi Jahon chempionatining ortda qolgan ikki kunida 8 ta medal qo‘lga kiritdi va o‘zining tarixdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

30 iyul kuni Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik taekvondochilar bilan tanishing:

Oltin — Laylo Hasanova.
Kumush — Dilmurod Ma’rufjonov.
Bronza — Sofiya Xan.

Ma’lumot uchun, Kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati joriy yilning 31 iyuligacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Laylo Hasanova

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing