Laylo Hasanova Jahon chempionatidagi eng yaxshi taekvondochi qiz deb tan olindi

Sport

image

Taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. Oltin medal sohibasi Laylo Hasanova musobaqaning eng yaxshi taekvondochi qizi deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakuniga yetgan. Musobaqada o‘zbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etgan va ularning 10 nafari sovrindor bo‘lgan. 

“Laylo Hasanova barcha raqibalarini mag‘lub etib, Jahon chempioni bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari aynan Hasanovani "Eng yaxshi qiz taekvondochi" deb topdi”, deyiladi xabarda.

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan barcha o‘zbekistonlik taekvondochilar:

•  Laylo Hasanova – Oltin;

•  Dilmurod Ma’rufjonov – Kumush;

•  Sofiya Xan – Bronza;

•  Ahadjon Muxtorov – Bronza;

•  Javohir Hidoyatov – Bronza;

•  Nigora A’zamjonova – Bronza;

•  Omina Ergasheva – Bronza;

•  Rozalina Tolibjanova – Bronza;

•  Ominaxon Kamalova – Bronza;

•  Mubina Bobosaidova – Bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Laylo Hasanova taekvando

Baholaganlar

203

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing