Tadqiqotchilar vazn yo‘qotish moslamasini namoyish etdi
Bu qiziq
−
29 iyun 2021
9029Yangi Zelandiyaning Otago universiteti va Buyuk Britaniyaning tadqiqotchilari dunyo bo‘yicha birinchi bo‘lib semirish epidemiyasiga qarshi kurashishda yordam beradigan vazn yo‘qotish vositasini ishlab chiqdi.
Ushbu ixtiro insonning yuqori va pastki tishlarga o‘rnatiladigan va sog‘likka zarar keltirmaydigan qurilma hisoblanib, “DentaClim Diet Control” deb nomlangan.
“DentaClim Diet Control” orqali tishlar qulflab qo‘yilgach, odamning og‘zi 2 millimetrgacha ochilishi mumkin, bu gapirish va nafas olish imkonini beradi, lekin ovqat yeyishga imkon qoldirmaydi.
Otago sog‘liqni saqlash universiteti yetakchi tadqiqotchisi, vitse-kansler, professor Pol Bruntonning aytishicha, uskuna semirish bilan kurashayotgan odamlar uchun samarali, xavfsiz va arzon narxdagi vosita hisoblanadi.
Stomatolog tomonidan o‘rnatiladigan ushbu qurilmani foydalanuvchi favqulodda vaziyatda yechib olishi va yana qayta o‘rnatib olishi mumkin.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyo bo‘ylab 1,9 milliard kishi ortiqcha vaznga ega va 650 million kishi semirish bilan bog‘liq kasallikdan aziyat chekadi. Ortiqcha vazn yiliga 2,8 millionga yaqin kishini hayotdan olib ketadi. Qayd etilishicha, qurilmaning narxi taxminan 24 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, inson jag‘lariga jarrohlik yo‘li bilan sim yopishtirish amaliyoti 1980-yillarda ommalashgan.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi