Tadbirkorning “uddaburon”ligi qimmatga tushdi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019
3810Keyingi yillarda elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlaridan noqonuniy foydalanayotgan "uddaburonlar"ni fosh etish borasida ko‘plab tadbirloar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Energetika vazirligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbir davomida ayrim tadbirkorlarning "sir"lari fosh bo‘ldi.
Andijon viloyati Jalaquduq tumani hududida joylashgan “Gold Road-2019” MCHJga qarashli sex toshlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanib keladi. Bu ishlab chiqarish korxonasi Xo‘jaobod TETK tasarrufidagi 110/35/10 kV “Madiyarov” PS dan chiquvchi 10 kV “Toza” fideriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan 402 million 476 ming 281 so‘m hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori hisoblandi.
LiveBarchasi