Tadbirkorlarga charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida kreditlar ajratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 2021-2022 yillarda charmdan tayyor mahsulotlar, charm-attorlik, shuningdek, mo‘yna va jundan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 50 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tijorat banklarida ochiladi. 

Kredit liniyalari tegishli tijorat banklariga 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha, yillik 4 foiz stavkasi shartlarida ochiladi.

Kreditlar tadbirkorlarga zamonaviy yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilish uchun 2 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha, yillik 6 foiz stavkasida ajratiladi. 

Qaror bilan 2023 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan xomashyo, materiallar va furnituralar ro‘yxati (71 ta) tasdiqlandi.

Shuningdek, “Oybek-avtoyo‘l” (Toshkent viloyati) va “Sariosiyo-avtoyo‘l” (Surxondaryo viloyati) chegara o‘tkazish punktlaridan qo‘shni davlat chegarasigacha bo‘lgan joylarda eksperiment tariqasida mahalliy tayyor mahsulotlar savdosiga ixtisoslashtirilgan savdo nuqtalari tashkil etiladi. 

Bundan tashqari, respublika hududlarida va xorijda charm mahsulotlari savdosiga ixtisoslashtirilgan “Multibrand” do‘konlari tashkil etilib, uning elektron savdo platformasi yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing