Tadbirkorlar bilan uchrashuvda: Prezident og‘ir operatsiyani o‘tkazgan Bozorovdan hol so‘radi

Jamiyat

image

Bugun, 20 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimidan hol-ahvol so‘radi. 

Davlat rahbarining Xayrulla Bozorov bilan suhbatidan murakkab jarrohlik amaliyotini O‘zbekistonda o‘tkazilgani, operatsiyani Prezident tashabbusi bilan xorijdan qaytib kelib ishlayotgan o‘zbekistonlik amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov joriy yilning iyun oyida sekvestrlangan bel umurtqa churrasi diagnozi bilan bel sohasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

833

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing