Tadbirkordan pora olgan Sirdaryo viloyati DSB boshlig‘i õrinbosari qamaldi

3-sahifa

image

Sirdaryoda mas’uliyati cheklangan jamiyat vakilidan muqaddam pora sifatida 14 500 AQSH dollari olgan Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari qamaldi. Bu haqda Davlat xafsizlik xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari DXX xodimlari tomonidan ushlangan vaqtida mas’uliyati cheklangan jamiyat vakilidan muqaddam pora sifatida olgan 14 500 AQSH dollaridan 5 ming AQSH dollarini qaytarib berayotgan bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, o‘tgan yili prokuratura organlari tomonidan mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida MCHJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha soliq idoralari hujjatli taftish o‘tkazgan. 

O‘sha davrda viloyat Davlat soliq boshqarmasida bosh inspektor bo‘lib ishlagan mazkur mansabdor shaxs aniqlangan 900 mln so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar bo‘yicha belgilanishi lozim bo‘lgan 300 mln so‘mlik jarima miqdorini 72 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga 14 500 AQSH dollari miqdorida pora olgan.

Hozirda unga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing