Tadbirkordan 16 ming dollar talab qilgan maktab direktori ushlandi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019
6437Navoiy viloyatida yer ajratish masalasini hal qilish uchun tadbirkordan 16 ming AQSH dollari so‘ragan maktab direktori ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navbahor tumanidagi 12-sonli maktab direktori A.O. xususiy korxona rahbari S.H.dan tuman hokimligi orqali granit qazib olish uchun yer ajratish masalasini hal qilib berish evaziga undan 16 000 AQSH dollari talab qilgan. A.O. Pulning bir qismi sifatida 9 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi