Tabiiy gaz ta’minotida monopoliya bekor qilinadi – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

2021 yilda davlat va xususiy elektr stansiyalari, hamda iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaati chog‘ida aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda elektr energiyasi, gaz, qimmatbaho metallar, mineral o‘g‘itlar, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda monopol bozorlar mavjud bo‘lib, ularda ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda.

"Tabiiy gaz ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor mexanizmlarini joriy etamiz. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlarga birja orqali т́абиий gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa, gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. “O‘ztransgaz” kompaniyasi esa, faqat gazni transportirovka qiladi", dedi Mirziyoyev.

Suyultirilgan gaz bozorida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida, uning importiga o‘rnatilgan bojlar bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing