Tabiblikning ruxsat etilmagan usullarini reklama qilganlar javobgarlikka tortiladi
Jamiyat
−
06 noyabr 2024 1721 1 daqiqa
Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama taqiqlandi. Bu haqda kecha, 5 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan tegishli qonunda so‘z boradi.
Qonunga ko‘ra, fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullangandi.
Live
Barchasi