Tabiat insoniyatdan qasos olmoqda – Antoniu Guterrish

Olam

image

Pokiston iqlim o‘zgarishi ta’siridan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar qatorida kirdi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Pokistonga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tashrifi davomida Pokistondagi holatni o‘rganib, ushbu fojiada yaqinlarini yo‘qotgan barchaga hamdardlik bildirgan.

Tashrif davomida Guterrish Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashgan.

“Men xalqaro hamjamiyatga bir necha so‘z aytmoqchiman. Ushbu inqirozlarga qarshi turish uchun Pokiston kuchli moliyaviy yordamga muhtoj. Bugun men eshitgan ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, Pokistonni tiklash uchun 30 milliard dollar kerak. Va ushbu miqdor o‘sishda davom etmoqda”, deydi Antoniu Guterrish.

Uning ta’kidlashicha, pokistonliklarni qo‘llab-quvvatlash nihoyatda muhim. Unga ko‘ra, bu faqat birdamlik masalasi emas, adolat masalasi ham hisoblanadi.

“Hozir biz falokatga yuz tutayotganimizni tan olish vaqti keldi. Biz tabiat bilan jang qildik va tabiat o‘ch olish bilan zarba berdi. Bugun Pokistonda sodir bo‘layotgan voqea ertaga istalgan mamlakatda sodir bo‘lishi mumkin”, deya ogohlantirgan BMT rahbari.

Shuningdek, u suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda pokistonliklarni, nodavlat tashkilotlarni va mamlakat hukumatining katta sa’y-harakatlarini olqishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonda joriy yilning 14 iyunidan beri davom etgan musson yomg‘irlari oqibatida kuzatilayotgan toshqinlar qurbonlari soni 1396 kishiga yetdi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing