Ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
14 fevral
6451Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq Hamidov Vohid Sobirovich Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Bunga uning boshqa ishga o‘tishi sabab sifatida keltirilgan.
Ma’lumot uchun, Vohid Hamidov mazkur lavozimni 2023 yil iyun oyida egallagandi. Avval u AOKAda mas’ul lavozimda ishlagan. Markazning o‘zi esa Prezidentning 2023 yil apreldagi qarori bilan tashkil etilgandi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Respublika markazi) davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Respublika markazi, jumladan:
- ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari uchun yangi darsliklar va o‘quv-metodik
- majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtiradi.
LiveBarchasi