Ta’lim sohasida ayrim o‘zgarishlar bo‘ldi – Prezident farmoni
Jamiyat
−
13 noyabr 2021
14194O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning 9 noyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
birinchidan, joriy yilning 11 fevral kuni qabul qilingan “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga:
a) 4-ilovaga:
• 7-band norma bilan to‘ldirildi, unga asosan ayrim rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida 1 yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Bunda, tayyorlov kursi va bakalavriatda o‘qishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi lozim;
• 28-band 4-xatboshi bilan to‘ldirildi. U bilan belgilanishicha, stipendiatning o‘z xohishiga ko‘ra xorijda ta’lim olish xarajatlarini moliyalashtirishda uning o‘zi yoki moliyaviy kafillari qisman ishtirok etgan taqdirda stipendiatning majburiy ishlab berish muddatiga o‘zgartirish kiritilmaydi;
• 30-bandda belgilanishicha, stipendiat uzrsiz sabablarga ko‘ra xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalarning talabalari safidan chiqarilgan yoki vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari yoxud davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, Jamg‘arma tomonidan uni o‘qitishga sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar stipendiat va uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan solidar tartibda qoplab beriladi;
• b) 2-ilovaning 9-bandi Jamg‘arma Vasiylik kengashining ta’lim dasturlari va nomzodlarni saralash tanlovini o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni hisobga olgan holda ta’lim sohalari kesimida stipendiyalar kvotalarini ajratish, shuningdek, tanlovda raqobat darajasini e’tiborga olgan holda, kvotalarga o‘zgartirishlar kiritish vakolati bilan to‘ldirildi.
Ikkinchidan, 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga 2-ilova 36-pozitsiya bilan to‘ldirildi. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga NTTlarida, ishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yo‘nalishlarda ta’lim berish holatlarini tekshirish kiritildi. Tekshirish muddati 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil etadi.
Uchinchidan, 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ilovaning 1-bandida O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga nafaqat uyda, balki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida repetitorlik qilish ham kiradi.
LiveBarchasi