Terri Anri taqdirlandi
Sport
−
12:17 514 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi safida 1998 yilgi jahon chempioni Terri Anri UEFA prezidenti mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdirlash marosimi kecha, 27 avnust kuni Monakoda Chempionlar ligasi qur’asi paytida bo‘lib o‘tdi. UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin “Arsenal”ning sobiq hujumchisiga sovrinni topshirdi.
Anri 49 yoshda. U futbolchi sifatida “Monako”, “Yuventus”, Londonning “Arsenal”, Ispaniyaning “Barselona” va AQSHning “Nyu-York Red Bullz” jamoalarida o‘ynagan. Fransiyalik futbolchi “Arsenal”ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U londonliklar bilan ikki marta Angliya chempioni bo‘lgan.
“Barselona” safida Anri Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Fransiya terma jamoasi bilan esa 1998 yilgi jahon chempionati, 2000 yilgi Yevropa chempionati va 2003 yilgi Konfederatsiyalar kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi