Svetlana Tixanovskaya terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus maxsus xizmatlari prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayani terroristik faoliyatga aloqador shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilotning veb-saytida xabar berilgan.

Ro‘yxat 18 ta ism bilan to‘ldirilgan. Unda Tixanovskayadan tashqari, Belarusning sobiq Madaniyat vaziri Pavel Latushko ham bor.

Mart oyi oxirida Tixanovskayaga qarshi terakt tayyorlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Belarus Bosh prokurorining so‘zlariga ko‘ra, sobiq nomzod va boshqa muxolifatchilar Minsk hamda boshqa shaharlarda portlashlar va o‘t qo‘yishni uyushtirishga harakat qilishgan.

Avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifatga qarshi radikal qarshilik bo‘lmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

502

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing