Svetlana Tixanovskaya NATO parlament assambleyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Jamiyat

image
NATO Lukashenkoning bostirib kirish haqidagi iddaolarini rad etdi north_east

NATO Lukashenkoning bostirib kirish haqidagi iddaolarini rad etdi

Belarus muxolifati yetakchisi va prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya NATO parlament assambleyasi vitse-prezidenti Karl Lamerson bilan uchrashdi. Bu haqda Tixanovskaya matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

1994 yildan beri Bundestag a’zosi bo‘lgan, NATO parlament assambleyasi vitse-prezidenti professor Karl Lamerson bilan siyosiy uchrashuv”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Saylov uchastkalari yopilganidan keyin mamlakatda natijalarni soxtalashtirishga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Namoyishlar vaqtida militsiya va ichki qo‘shinlar namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, ovozli granata va rezina o‘qlardan foydalandi.

Keyinroq mamlakatda yirik sanoat korxonalarida ish tashlash boshlandi. Ishchilar yangi saylo o‘tkazish, namoyishchilarga ayovsiz munosabatda bo‘lishni to‘xtatishni talab qilishdi. Muxolif nomzodlarning barchasi saylovning rasmiy natijalarini tan olmadi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan rasmiy natijalarga ko‘ra, amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz oldi. Svetlana Tixanovskaya esa 10,1 foiz ovoz to‘pladi. Qolgan nomzodlar esa 10 foizdan ko‘p ovoz ololmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing