“Svet”ga norma qo‘yilyapti. Uyini elektrda isitadiganlarning holi ne kechadi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 iyulidan boshlab, aholi uchun 1 kVt soat elektr energiyasi iste’moli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m, 250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilib, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish uchun “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritilishi belgilanmoqda.

Xo‘sh, ko‘p qavatli uylarni isitish uchun tabiiy gazdan emas, balki elektr plitalaridan foydalanadigan fuqarolar bir oyda 250 kVt dan ortiq energiyadan foydalansa, tuman elektr tarmoqlari tashkiloti vakillariga bu xonadon egasiga ham ”oshirib iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 650 so‘mdan to‘laysan”, degan shartni qo‘yish olib kelmaydimi? Ushbu savolga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdunazarov javob berdi. 

“Bu e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining (Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida) qarori loyihasining birinchi ilovasida keltirib o‘tilgan edi.  Unga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt soat elektr energiyasi narxini 165 so‘mdan etib belgilash taklif qilinyapti. Bungacha ham doimiy ravishda 50 foizda to‘lovni amalga oshirgan. 

Gaz bilan ta’minlanmagan va asosan faqat elektr energiyasida ovqat pishiradigan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarni hisobga olib, ijtimoiy normalar ushbu xonadonlarga nisbatan qo‘llanilmasligi qaror loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan”, deydi Abdunazarov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab aholiga gaz va elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

636

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing